Shahram G‘iyosov yangi vazn toifasidagi ilk jangida g‘alaba qozondi va kamarga ega chiqdi

Shahram G‘iyosov yangi vazn toifasidagi ilk jangida g‘alaba qozondi va kamarga ega chiqdi

Shahram G‘iyosov yangi vazn toifasidagi ilk jangida g‘alaba qozondi va kamarga ega chiqdi

Buxorolik bokschi Shahram G‘iyosov (13-0, 9 KO) 7 maydan 8 mayga o‘tar kechasi Las-Vegasda (AQSh) o‘zining professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Unga bu jangda meksikalik Kristian Gomes (22-3-1, 20 KO) raqiblik qildi. 10 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi. Qayd etish joiz, Shahram to‘rtinchi, yettinchi va o‘ninchi raundlarda raqibini nokdaun holatiga tushirib qo‘ydi, jangda ham ustunlikka ega bo‘ldi. G‘iyosov yakunda ochkolar evaziga (99-88, 99-88, 98-89) g‘alaba qozondi.

Ushbu g‘alaba orqali Shahram yarimo‘rta vazn toifasida (-66,6 kg) IBF Shimoliy Amerika mintaqavaiy chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Qayd etish kerak, bu Shahram G‘iyosov uchun professional faoliyatidagi 13-g‘alaba bo‘ldi. G‘alabalarning to‘qqiztasi nokaut bilan qo‘lga kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!