Shahram G‘iyosov matbuot anjumanida ingliz tilida gapirdi, Eddi Xirn hayratda!

Shahram G‘iyosov matbuot anjumanida ingliz tilida gapirdi, Eddi Xirn hayratda!

Bizning vaqt bilan 25 fevral tongida AQShning Orlando shahrida navbatdagi professional boks kechasi tashkil etiladi. Oqshomning So main event jangi hamyurtimiz Shahram G‘iyosov ishtirokida o‘tkaziladi. Yarimo‘rta vazn toifasi WBA reytingida 1-o‘rinni egallab turgan charm qo‘lqop ustamiz meksikalik Pablo Sezar Kanoga qarshi ringga ko‘tariladi.

E’tiborlisi, ushbu jang oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida G‘iyosov savollarga ingliz tilida javob berdi. Taniqli promouter, Matchroom kompaniyasi rahbari Eddi Xirn esa Shahramni ingliz tiling kuchli ekan deb maqtab ham qo‘ydi.

"Maqsad sari bir qadam qoldi. O‘sha qadamni tashlasam, orzuimdagi jangni qo‘lga kiritaman. Men katta jangga tayyorman. Ha, arenada meksikalik muxlislar ko‘p bo‘ladi. Menga ham shunday auditoriya oldida jang qilish yoqadi", - dedi G‘iyosov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!