Shahobiddin Zoirovning navbatdagi jangi muddati va raqibi aniq bo‘ldi

Shahobiddin Zoirovning navbatdagi jangi muddati va raqibi aniq bo‘ldi

18 may, shanba kuni professional boksning ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Shahobiddin Zoirov (1 ta g‘alaba, 1 ta nokaut) o‘zining ikkinchi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport xabar berdi.

Daniyaning Orhus shahrida joylashgan Vibi sport saroyida tashkil qilinadigan boks oqshomida Shahobiddin Zoirovga gruziyalik Mishiko Shubitidze (12 ta g‘alaba, 13 ta mag‘lubiyat, 3 ta durang, 5 ta nokaut) raqiblik qiladi.

Mazkur boks oqshomida o‘zbekistonlik boshqa bir bokschi, super yarim yengil (-58,97 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Xurshid Tojiboyev (1 ta g‘alaba, 1 ta nokaut) ham ringga ko‘tariladi. Xurshid shu kuni boshqa bir gruziyalik bokschi Irakli Shariashviliga (5 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat, 1 ta durang) qarshi ringga ko‘tariladi.

Eslatib o‘tamiz, Shahobiddin Zoirov professional boksdagi debyut jangida indoneziyalik Entoni Holtni (5 ta g‘alaba, 1 ta durang, 5 ta mag‘lubiyat, 3 ta nokaut) birinchi raunddayoq nokautga uchratib, g‘alaba qozongan bo‘lsa, Xurshid Tojiboyev esa polshalik Kshishtof Rogovskini (10 ta g‘alaba, 29 ta mag‘lubiyat, 5 ta nokaut) uchinchi raundda texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!