Sergelida fuqarolarga uy olib berishni va’da qilgan firibgarlarning nayranglari fosh etildi

Sergelida fuqarolarga uy olib berishni va’da qilgan firibgarlarning nayranglari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K” MCHJ rahbari M., norasmiy rahbari I. va boshqalar, fuqarolarning ishonchiga kirib, MCHJ tomonidan ko‘p qavatli turar-joy binosi qurilishini aytib, 5 nafar fuqoroning jami 1,3 mlrd so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!