Saudiya valiahd shahzodasi zaharli uzuk bilan qirolni o‘ldirishi mumkinligini aytgan(mi)?

Saudiya valiahd shahzodasi  zaharli uzuk bilan qirolni o‘ldirishi mumkinligini aytgan(mi)?

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bir necha yil oldin o‘sha paytdagi qirol Abdulloh bin Abdulaziz Al Saudni bemalol o‘ldirishi mumkinligi bilan maqtangan edi. Bunday ayblov bilan Saudiya Arabistoni razvedkasining sobiq yuqori martabali xodimi Saad al-Jabri chiqmoqda, deya xabar berdi “The Washington Post” gazetasi.

Ta’kidlanishicha, 2014 yili o‘sha paytda mamlakat hukumatida katta rol o‘ynamagan shahzoda Rossiyadan keltirilgan zaharli uzuk bilan qirol Abdullohni o‘ldirishi mumkinligini aytgan.

“Buning uchun uning qo‘lini siqishim yetarli bo‘ladi va u tayyor”, degan shahzoda sobiq razvedkachining so‘zlariga ko‘ra.

Shu bilan birga, sobiq razvedka xodimi shahzoda bayonotini shaxsan eshitmaganini biroq, ushbu gapni Muhammad bin Salmon Saudiya Arabistonining boshqa shahzodasi, o‘sha paytda qirollik razvedkasi boshlig‘i bo‘lgan Muhammad bin Naif bilan uchrashganda aytganini ta’kidlab, ushbu suhbat aks etgan videolavha hozir ham mavjudligini qo‘shimcha qilgan.

Qayd etish kerakki, qirol Abdulloh bin Abdulaziz Al Saud 2015 yilda pnevmoniyadan vafot etgan. Shundan beri qirollikni valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning otasi Salmon bin Abdulaziz Al Saud boshqarib keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!