Saudiya Arabistonida Turkiyaga qarshi kampaniya

Saudiya Arabistonida Turkiyaga qarshi kampaniya

Jurnalist Jamol Qoshiqchini o‘ldirishga kim buyruq bergani aniqlanishini istayotgan Turkiyaga qarshi Saudiya Arabistonida qoralash kampaniya olib borilyapti. Xususan, OAVda dam olish uchun Turkiyaga bormaslik zarurligi aytilyapti.

AFP agentligining xabar berishicha, so‘nggi oylarda ommaviy axborot vositalarida “Turkiyaga bormanglar”, “Turkiya xavfsiz emas” singari sarlavhalar paydo bo‘lgan. Saudiya Arabistonining Anqaradagi elchixonasi Turkiyada pasport o‘g‘irlash va boshqa mayda jinoyatlar ortgani haqida ogohlantirishlar tarqatgan.

Bu kampaniya natijasiz qolmadi: joriy yilning ilk besh oyida Saudiya Arabistonidan Turkiyaga keladigan turist  soni 30 foizga kamaygan. O‘tgan yilgi tadqiqotdan ma’lum bo‘lishicha, saudiyaliklar Turkiyada kuniga o‘rtacha 500 dollar sarflaydi.  

Qoralash kampaniyasi nafaqat turizmni, balki Turkiyada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ham qamrab olgan.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!