Sankt-Peterburgda 5 kunlik chaqalog‘ini 4 ming dollarga sotishga uringan o‘zbekistonlik ayol ushlandi

Sankt-Peterburgda 5 kunlik chaqalog‘ini 4 ming dollarga sotishga uringan o‘zbekistonlik ayol ushlandi

Rossiyat Tergov qo‘mitasining Sankt-Peterburg bo‘yicha boshqarmasi o‘zbekistonlik 27 yoshli ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘adi.

Gumonlanuvchi joriy yil 12 sentyabr kuni 5 kunlik o‘g‘il chaqalog‘ini xaridor vazifasini bajargan polisiya xodimiga 280 ming rublga (4 ming dollar atrofida) sotishga uringan. Shundan so‘ng u ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Ayolni qamoqqa olish va unga nisbatan ayblov e’lon qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Chaqaloq tegishli bolalar muassasasiga joylashtirildi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!