Sankt-Peterburgda 15 yoshli o‘smirni urgan o‘zbekistonlik yigit qo‘lga olindi

Sankt-Peterburgda 15 yoshli o‘smirni  urgan o‘zbekistonlik yigit qo‘lga olindi

Ma’lum qilinishicha, 24 oktyabr kuni Kosmonavtov prospektida yashovchi o‘smir Rauxfus kasalxonasiga yotqizilgan. Yigit bir hafta oldin 15 yoshini nishonlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kosmonavtov shoh ko‘chasi 28/2-uydagi «Pyatyorochki» qo‘riqchisi unga qo‘l ko‘targan.

Ta’kidlanishicha, shifokorlar o‘smirga ko‘rish tizimi shikastlanishi, ko‘z shox pardasi shishi va ko‘z qovog‘ining gematomasi tashxisini qo‘ygan hamda polisiyaga murojaat qilingan. Holat yuzasidan Rossiyaga ishlash uchun kelgan 28 yoshli o‘zbekistonlik yigit qo‘lga olingan. U avgust oyidan beri Sankt-Peterburgda yashab kelayotgani aniqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!