Samarqanddagi "suvchechak epidemiyasi" tarqalgani rostmi?

Samarqanddagi "suvchechak epidemiyasi" tarqalgani rostmi?

Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi viloyatdagi maktablarda suvchechak epidemiyasi tarqalganini rad etdi.

17 may kuni Ozodlik radiosida Maktablarda ommaviy suvchechak tarqaldi, mas’ullar vaziyatni yashirmoqda sarlavhali ma’lumot tarqatilgandi. Unda Samarqand viloyati Paxtachi tumani Qo‘yiboq, Xumor va Po‘latchi qishloqlarida suvchechak epidemiyasi tarqalgani, ayrim maktablarda, jumladan, 27-maktab boshlang‘ich sinflarida kamida 50 foiz o‘quvchi suvchechak yuqtirgani aytilgan edi.

Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bu xabarga o‘z munosabatini bildirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Paxtachi tumani Tadbirkor mahallasi hududida joylashgan 27-maktabning 5 nafar o‘quvchisi Bobur Nusratullayev, Hasan Nusratullayev, Husan Nusratullayev, Abdulla Nusratullayev va Sardor Ravshanov shu yilning mart-aprel oylarida suvchechak kasalligi bilan og‘rigan. Hozirgi vaqtda ular to‘liq sog‘ayib, ta’limga qaytishgan.

O‘rganishlar jarayonida Paxtachi tumanining Qo‘yiboq, Po‘latchi va Xumor QFYlari hududida bugungi kunigacha suvchechak epidemiyasi tarqalgani aniqlanmagan.

Aslida nima bo‘lgan?

Holatni 27-maktab direktori Kamol Sa’dinov, sinf rahbarlari, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Shavkat Jabborov, tuman DSENM va Tosh Kenjayev QVP xodimlari hamkorlikda o‘rganishgan.

O‘rganish jarayonida ma’lum bo‘lishicha, Tadbirkor mahallasida yashovchi Nasim Xidirovning farzandi Bobur Nusratullayev kasallikka chalingan. U shifokorga uchramasdan uy sharoitida davolangan. Natijada qolgan farzandlari ham suvchechak kasalligi bilan yengil og‘rigan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!