Samarqandda yuk mashinasidagi 10 tonna paxta yonib ketdi (foto)

Samarqandda yuk mashinasidagi 10 tonna paxta yonib ketdi (foto)

Joriy yilning 18 sentyabr kuni tungi soat 1 :15 da M-37 xalqaro avtomagistral yo‘lining 107-kilometrida, aniqroq qilib aytganda, Samarqand viloyatining Narpay tumani «Salovat» mahalla fuqarolar yig‘ini Salovat qishlog‘i hududida juda katta va ayanchli ko‘rinishdagi yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda «Jamiyat va Qonun» gazetasi xabar bermoqda.

«Paxtadan saralab olingan 50 toy qimmatbaho sanoat xom­ashyosi belgilangan manzilga yetib bormasdan yonib, kul bo‘ldi», — deyiladi xabarda.

— Xalqimizda  «o‘t balosidan, suv balosidan xudo asrasin» degan gap bor, – deydi o‘zini Narpay tuman Yong‘in xavfsizligi inspektoriman deb tanishtirgan Bekzod Nosirov. — Jizzax tekstil korxonasidan qo‘shni Turkmaniston Respublikasi orqali xorijga eksport uchun jo‘natilayotgan paxta tolasi yuklangan, magistralda harakatlanayotgan davlat raqami 70/654 WAA bo‘lgan yuk avtomashinasining yukxonasida sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha bizga voqea jo­yidan yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan xabar kelib tushdi. Yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha barcha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Lekin, kuchli yong‘in sabab 50 toy paxta xom ashyosining har bir toyi, taxminan, 200 kilogramm­dan kelganida, jami 10 tonna qimmatbaho sanoat xom ashyosi bir zumda sifatsiz mahsulotga aylandi -qoldi.  Bu, albatta, ayanchli holat.

Ayni paytda yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!