Samarqandda ikki nafar farzandning otasi o‘z ayolini shafqatsizlarcha o‘ldirdi

Samarqandda ikki nafar farzandning otasi o‘z ayolini shafqatsizlarcha o‘ldirdi

Oliy sud portalidagi tergov hujjatlariga ko‘ra, 2024 yil 7 sentyabr kuni soat 14:00 larda Jomboy tumani “No‘sh” MFYda yashovchi X.A.turmush o‘rtog‘i X.U. bilan o‘zaro kelib chiqqan janjaldan so‘ng, ayoli yo‘lovchi Damas’da ketayotganligini ko‘rib, o‘ziga tegishli Spark’da uning izida harakatlanib kelgan.

Ayoli ota onasi yashab kelayotgan Payariq tumani “Maniobod” MFY “Qatag‘on” qishlog‘iga kirish yo‘lida tushib qolgan vaqtida er X.U.ni hayotidan mahrum qilish maqsadida qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan dastlab o‘ng ko‘krak sohasiga sanchigan. So‘ng o‘ng chap yelka orqasi sohasiga jarohat yetkazgan vaqtida pichoq dastasi sinib ketganligi sababli, yerda yotgan tosh bilan boshining chap chakkasiga zarb bilan jarohat yetkazib, voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan.

Ayol olgan og‘ir tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Erkak qasddan odam o‘ldirishda ifodalangan jinoiy harakatlari bilan JKning 97-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan o‘ta og‘ir turdagi jinoyatni qasddan sodir qilganlikda ayblangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!