Samarqandda Davlat kadastrlar palatasi xodimi $5 ming pora bilan ushlandi

Samarqandda Davlat kadastrlar palatasi xodimi $5 ming pora bilan ushlandi

U Urgut tumani hududida joylashgan 25 sotix yerni 36 ming AQSh dollariga sotishga kelishgan. Bu haqida UzNews nashri xabar qilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Matbuot xizmatining xabar berishicha, Davlat kadastrlar palatasi Samarqand shahar filiali xodimi pora bilan ushlandi.

U Urgut tumani hududida joylashgan 25 sotix yerni 36 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan firibgarlik yo‘li bilan 5 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi, viloyat prokuraturasi, DXX va Departamentning viloyat boshqarmasi hamkorligida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!