Samarqandda bosqinchilar ayollarni urib, qo‘llarini bog‘lab, katta miqdordagi pulni o‘marib ketishdi

Samarqandda bosqinchilar ayollarni urib, qo‘llarini bog‘lab, katta miqdordagi pulni o‘marib ketishdi

Samarqand viloyati. 2021 yil 22 fevral kuni soat 13:30 larda uch nafar noma’lum shaxslar boshlariga kepka kiyib, yuzlariga tibbiy niqob taqib Samarqand shahri Ilg‘or MFY., da yashovchi 51 yoshli Muborak D., ning xonadoniga kirish eshigi ochiq qolganligidan foydalanib kirib, Muborak D., ni qo‘llari bilan urib hushidan ketkazib, uy xizmatchisi Mahliyo M.,ning qo‘l va oyoqlarini changyutgich simi bilan bog‘lab, yotoqxonada mavjud bo‘lgan temir seyf ichidan 42.500 AQSh dollari, jami narxi 2.400 AQSh dollar bo‘lgan o‘n turdagi ayollar tilla taqinchoqlari, jami narxi 2.100 AQSh dollar bo‘lgan bir dona “Iphone-7” rusumli uyali telefon apparati va uch dona planshetlarini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 4-qismi “a” bandi (Bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni 31 yoshli Asqar I., 32 yoshli Davlat R., va 36 yoshli Jasur I., lar sodir etganliklari aniqlanib, prosessual tartibda ushlanib, ulardan 8.100 AQSh dollar pul mablag‘lari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!