Sadir Japarovning uyi muhtojlarga yordam berish uchun kimoshdi savdosiga qo‘yiladi

Sadir Japarovning uyi muhtojlarga yordam berish uchun kimoshdi savdosiga qo‘yiladi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov o‘z uyini muhtojlarga yordam berish uchun davlat ipoteka kompaniyasi balansiga o‘tkazdi, deb xabar berdi «Rossiyskaya gazeta».

Xabarda aytilishicha, Japarov ikki qavatli ushbu uyda oilasi bilan besh yil yashagan.

Sadir Japarovning uyi muhtojlarga yordam berish uchun kimoshdi savdosiga qo‘yiladi

Uy yaqin kunlarda kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Savdodan tushgan mablag‘ o‘nlab muhtoj oilalarga beriladi.

U badavlat fuqarolarni shunday qilishga chaqirdi.

«Uy-joyga pul topish uchun ko‘plab fuqarolar xorijda ishlagani ketishmoqda. Biz barcha fuqarolarning uyli bo‘lishini ta’minlashimiz kerak», — dedi Japarov.

Qirg‘iziston prezidenti korrupsiyaga qarshi kurash uy-joy masalasini hal qilishning yo‘llaridan biri ekanligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ozodlikdan mahrum etilgan amaldorlarning musodara qilingan ko‘chmas mulklari hisobidan muhtojlarga yordam beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!