Sabr va shukr hikmati

Sabr va shukr hikmati

Rivoyat:

Bir mo‘min kishi bo‘lgan ekan. U juda beozor, halim, qo‘lidan va tilidan aslo o‘zgalarga ozor bermay yashar ekan.

U kambag‘al bo‘lib, haloldan tirikchilik qilar va Allohni bergan rizqiga doimo shukr qilib, ibodat qilar edi...

Mo‘minning ayoli doim noligani-noligan, o‘zgalarni maqtab:

– "Falonchini sohibi ko‘p pul topadi, oilasi to‘q, badavlat, ayoli har kuni har xil kiyinadi, siz esa?.." – degan dashnomlar bilan mo‘minni har kun qalbiga ozor berar edi.

Muslim, Allohga ibodatini to‘xtatmas va ayolini fe’li uchun ham Allohga tavbalar qilib, kechirishini so‘rar edi.

Shu alfozda yillar o‘tdi...

Bir kuni mo‘min omborxonasi yonida supada namoz o‘qib duo qilib o‘tirar edi. Yonidan bir kichik kalamush yugurgancha o‘tib ketadi. Bir ozgina vaqt o‘tib o‘sha kalamush muslimni yoniga asta yaqinlashadi. Joynamozda o‘tirgan kishi kalamushni kuzatib o‘tirib, uni qo‘rqmayotganiga va yosh kichik kalamush bo‘lgani uchun odam bilan tanishmoqchi shekilli deydida, yonida turgan bir shisha bonkani kalamushni ustiga ag‘darib yopib qo‘yadi va namozini keyingi rakatlarini o‘qishga kirishadi.

Tabiiyki, kalamush qopqonga tushgandek o‘zidan ovoz chiqara boshlaydi. Uni ovozini eshitgan ona kalamush qayerdandir paydo bo‘ladi. Holatni bir chetdan kuzatadi.

Qarasa bolasi bonka ichida, hali zarar tegmagan, tirik, onasiga mo‘ltirab qarab turardi. Yonida muslim Allohga sajda qilib namoz o‘qimoqda. Ona kalamush bir zumga g‘oyib bo‘ladi va og‘zida bir tilla taqinchoq bilan paydo bo‘lib, banka yoniga keladida, tillani tashlab ketadi.

Namozini tugallagan kishi tasbeh aytib, Allohni qudratli hikmatini joynamoz ustida tomosha qilib o‘tiraveradi. Bir oz o‘tib, ona kalamush ikkinchi tilla buyumni olib kelib bolasini yoniga tashlaydi-yu, ketadi. Ona kalamush uzoqdan muslim va bolasini kuzatib turar, muslim esa ularni kuzatib Allohni qudratiga, hikmatiga sanolar aytar edi. Go‘yoki kalamush va muslim kalamush bolasini savdo qilayotgandek edilar.

Ona kalamush yana ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi va uchinchi tillani olib kelib shisha idish yoniga qo‘yib ketadi. Muslim sabr bilan yana kuzatib o‘tiraveradi. Nariroqdan ona kalamush go‘yo:

– "Bolamni endi ozod qil" – degan nazarda muslimga boqar edi.

Uzoq termulib turgan ona kalamush yana tezlik bilan chopib ketadi va nihoyat xaltacha sudrab keladi. Xalta ichida bir nechta tilla tangalar edi. Ona kalamush bolasi qamalgan shisha idish yoniga xaltachani qo‘ydiyu, chetroqqa borib astoydil joylashib o‘tirdi va go‘yoki, muslimga:

– "Bori shu, ana xaltasi bilan keltirdim, endi bolamni ozod qil" – degandek nigohda boqar edi.

Bu ishlarni kuzatgan muslim kishini ko‘zlaridan tinmay yosh oqa boshladi va shisha idish ostidagi kalamushni bolasini ozod qildi. Kalamushlar chiyyilashib ko‘zdan g‘oyib bo‘lishdi.

Shu holat ustiga muslimning ayoli keldi va hech gapdan xabari yo‘q tilla buyum va tangalarni sanay ketdi. Sohibiga dedi:

– Bularni sizga kim berdi, qayerdan keldi?

– Qudratli Alloh, sen holimizdan noliyverganing uchun g‘oyibdan yetkazdi.

– Nega yig‘layapsiz, xursand bo‘lish o‘rniga?

– Ey nodon xotin, nega xursand bo‘lay? Kalamushni bolasi qopqonga tushdi, shu bir hayvon kalamushni aqli yetdiki, bolasini qutqarish kerak va uni jamg‘argan tillasi bilan qutqarishlikni. Biz qabr atalmish qopqonga tushganda u joydan bizni qanday jamg‘armamiz qutqarib chiqaradi, shuni hech o‘yladingmi?" – der va ko‘z yoshi soqolini yuvib yig‘lardi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!