Rossiyaning Shvesiyadagi elchixonasi xodimi josuslikda gumon qilinmoqda

Rossiyaning Shvesiyadagi elchixonasi xodimi josuslikda gumon qilinmoqda

Rossiyaning Stokgolmdagi elchisi Shvesiya TIVga chaqirtirildi va undan maxsus xizmatlarga ishlashda gumon qilinayotgan rossiyalik diplomatlardan biri mamlakatni o‘z xohishi bilan tark etishi talab qilindi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, fevral oyi oxirida 47 yashar rossiyalik diplomat Stokgolmda Shvesiya IT-kompaniyalaridan birining xodimi bilan uchrashganda qo‘lga olingan. Uning diplomat niqobi ostidagi Rossiya razvedkasi zobiti ekanligi aytilmoqda. Polisiya undan Shvesiya hududini tark etishni so‘ragan, biroq bu amalga oshirilmagan.

Diplomat bilan birgalikda Rossiya razvedkasiga 2017 yildan beri turli ma’lumotlar berib kelganlikda gumon qilinayotgan Shvesiya fuqarosi ham ushlangan.

Ma’lumot uchun, 2015 yilda Shvesiya kontrrazvedkasi tahlilchilari Rossiyaning Stokgolmdagi elchixonasi xodimlarining kamidan uchlan biri josuslik bilan shug‘ullanishini ma’lum qilgandi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!