Rossiyalik musulmonlar uchun haj kvotasi tasdiqlandi

Rossiyalik musulmonlar uchun haj kvotasi tasdiqlandi

Rossiyadan 11 ming 318 nafar musulmon bu yil Makkaga haj ziyoratiga borishi mumkin. Bu haqda Rossiyaning Haj missiyasi matbuot xizmati o‘z saytida ma’lum qildi.

Koviddan oldingi davr bilan taqqoslaganda, Rossiya kvotasi qariyb yarmiga qisqargan.

Saudiya Arabistoni bu yil 1 million ziyoratchini qabul qiladi. Bu pandemiyadan oldingi yillarga nisbatan bir necha baravar kam.

Shuningdek, 11 318 ta o‘rin topshirilgan arizalar soniga qarab mamlakat hududlari o‘rtasida taqsimlanadi.

Avvalroq, haj ibodatiga borishlari uchun Qirg‘izistonga 2766 ta, Turkiyaga esa 37 770 ta kvota ajratilgani xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, bu yilgi haj mavsumi 7–12 iyul kunlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Ziyoratchilarning yoshi 65 dan kichik bo‘lishi va ularda Qirollik sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan COVID-19 vaksinasidan olgan bo‘lishi kerak.

Shuningdek, barcha ziyoratchilar 72 soat ichida o‘tkazilgan PZR testining salbiy natijasini taqdim etishlari kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!