Rossiyalik futbol muxlisi bir guruh Tojikistonlik taksi haydovchilari tomonidan o‘ldirildi

Rossiyalik futbol muxlisi bir guruh Tojikistonlik taksi haydovchilari tomonidan o‘ldirildi

Sankt-Peterburgning Nevskiye novosti axborot portali xabariga ko‘ra, 5 dan 6 yanvarga o‘tar kechasi Tojikistondan kelganlar bilan bo‘lgan to‘qnashuvda 32 yoshli Zenit futbol klubi muxlisi Nikita P. vafot etgan.

 

Gazetadagi ma’lumotga qaraganda, u va uning uch do‘sti tojikistonlik taksi haydovchisi bilan urushib ketgan. Taksi haydovchisi esa do‘stlaridan yordam so‘ragan va ular o‘rtasida ommaviy janjal boshlangan. Urush natijasida Nikita P. asfaltga yiqilgan va nafas olishdan to‘xtagan. Guvohlar tez yordam va polisiyaga qo‘ng‘iroq qilishgan.

 

Qayd etilishicha, ommaviy janjalda 10 kishi ishtirok etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!