Rossiyadagi muhojirlar: Dastlab Buxoroga qaytishni o‘yladim. Biroq atrofda sarosima avjiga chiqqach, qolishga qaror qildim

Rossiyadagi muhojirlar: Dastlab Buxoroga qaytishni o‘yladim. Biroq atrofda sarosima avjiga chiqqach, qolishga qaror qildim

Rossiya Federesiyasida o‘zini alohidalash (samoizolyasiya) rejimi joriy etilganda, mamlakat ichida milionlab mehnat muhojirlari istiqomat qilayotgan edi. Ularning ayrimlari uyga qaytishga shoshildi va tranzit hududlarida qolib ketdi, boshqalari Rossiyada qolishga qaror qildi. Rossiya Ichki ishlar vazirligi vaziyatni to‘g‘ri baholab, muhojirlarga mamlakat hududida qolishiga ruxsat berdi. Muhojirlarning ko‘pchiligiga o‘z yurti elchixonalari yordam berdi. Kimlar uchun “nimadir o‘xshamadi”.

“Nima qilishga boshim qotib qoldi. Pul yo‘q, ish yo‘q. Hujjatlarimning amal qilish muddati o‘tib ketgan. Ko‘chaga chiqsam polisiya ushlaydi. Deport qiladi. Ehtimol, samolyot tashkillashtirilar?” deya umid bilan so‘radi RIA Novosti muxbiridan Tojikiston fuqarosi bo‘lgan Farrux.

Uyiga yetib borolmagan Farrux bir hafta Jukovskiy aeroportida qolib ketdi. U yerdan 20 mart kuni Dushanbega uchib ketishi lozim edi. Bir haftadan so‘ng uni yuzlab vatandoshlari bilan Domodedovo aeroportiga yuborishdi. Ular o‘sha yerdan vatanlariga qaytishlari lozim edi. Biroq ular yana bir yarim hafta aeroportda qolib ketishdi.

Ko‘plab ayollar, yoshi keksalar va yosh bolalar uylariga qaytib ketishdi. Ammo Farruxning omadi kelmadi. Moskvada o‘zini alohidalash rejimi joriy etilganidan so‘ng ulardan aeroportdan chiqib ketish so‘raldi. Uning boradigan joyi yo‘q, ijarada turgan uyidan chiqib ketgan va boshqa kvartiraga joylashishga mablag‘ yo‘q. Markaziy Osiyoliklarga birinchilardan bo‘lib aeroportdan chiqish eshiklari ko‘rsatildi. Ayni vaqtda Farrux tanishlarining ijaradagi uyida yashamoqda.

“Hujjatlarning amal qilish muddati uzaytirilganligidan xabaringiz bormidi”, degan savolga u xabari yo‘qligini ma’lum qildi.

O‘zbekistonlik Ozod Meliboyev Rossiyada o‘n yildan buyon yashaydi. Ozod Rossiyada farroshlik, quruvchilik qilgan, taksi haydovchisi bo‘lib ishlagan. So‘nggi yillarda u Moskvadagi tarmoqli supermarketlarning birida sotuvchi bo‘lib ishlab kelayotgandi. Chegaralar yopilishi boshlanganida Ozod nima qilarini bilmay qoldi.

“Dastlab Buxoroga qatishni o‘yladim. Biroq atrofda sarosima avjiga chiqqanini ko‘rib, qolishga qaror qildim. Mening Mokvada muqim ishim bor. O‘rtacha haq to‘lashadi, ammo hozirgi vaziyatda shu ham yomon emas. Keyinchalik aeroportlardagi vaziyatni ko‘rdim va to‘g‘ri qaror qabul qilganimga ishonchim komil bo‘ldi”, dedi Ozod.

RIA Novosti muxbiri bilan suhbatda bo‘lgan yana bir O‘zbekiston fuqarosi Akbar uchun o‘zini alohidalash rejimi joriy etilganidan so‘ng deyarli hech narsa o‘zgarmadi. U faqat bo‘shab qolgan ko‘chalardan biroz hafa bo‘lganini aytdi. Akbarning so‘zlariga ko‘ra, uning hozirgi qurilish firmasidagi ish beruvchisi ish bilan ta’minlolmay qolsa, o‘ziga boshqa ish topa olishiga ishonadi.

“Meni hech kim, hech qayerga haydagani yo‘q. Hech qayerga ketishni ham rejalashtirmaganman. Hammasi ilgarigidek davom etmoqda”, dedi Akbar.

- Biz bir qator charter reyslar va uchta temiryo‘l qatnovini tashkillashtirdik, - dedi RIA Novosti bilan suhbatda bo‘lgan O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi matbuot kotibi Shahriyor Tursunboyev. - Biroq 30 martdan boshlab Toshkent barcha aeroportlarni yopti. Elchixona barcha O‘zbekiston fuqarolarini, kimda bunga imkon bo‘lsa Rossiyada qolishga, vaqtinchalik yashab turgan yoki doimiy istiqomat qilib kelayotgan joylarini tark etmaslikka va Rossiya hukumati tomonidan joriy etilgan karantin qoidalariga amal qilishga chaqiradi.

Shahriyor Tursunboyevning so‘zlariga ko‘ra, Moskvada yashashga imkoniyati yo‘q bo‘lgan 150 nafarga yaqin odam uch martalik issiq ovqat bilan ta’minlangan xostellarga joylashtirilgan. Elchixona Rossiyadagi O‘zbekistonlik talabalarni OTMlar yotoqxonalarida qoldirishga erishdi.

- Qirg‘iziston hukumati 5.5 mingga yaqin fuqarolarni Rossiyadan olib chiqib ketdi. Biroq uyga qatishni rejalashtirgan fuqarolarimizning hammasi ham uyga qayta olmadi. Ayni vaqtda biz ishsiz qolib ketgan fuqarolarimizga yordam berish bilan shug‘ullanyapmiz. Biz ular bilan doimiy aloqa o‘rnatganmiz, - deydi Kirg‘izistonning Moskvadagi elchixonasi matbuot kotibi Gulbarchin Bayimbetova. - Ellikka yaqin odam Moskvadagi xostellarga joylashtirilgan. Biz fuqarolarimizni ish bilan ta’minlashga qodir yoki ularga vaqtinchalik ish berib tura oladigan kompaniyalar bilan aloqa o‘rnatganmiz. Rossiya shaharlaridagi qirg‘iz diasporalari bilan aloqadamiz. Ularning orasida ko‘plab kichik biznes egalari va shunchaki yordamga tayyor odamlar mavjud.

Tojikistonning Rossiyadagi elchisi Imomuddin Sattorov ham tojikistonlik tadbirkorlarni yurtdoshlariga yordam berishga chaqirdi.

- Biz Rossiyaning barcha hududlari, muhojirlar mehnat qilayotgan tashkilot rahbarlari bilan muzokaralar olib bormoqdamiz va mazkur og‘ir sharoitda muhojirlarni ishdan bo‘shatmasliklarini iltimos qilyapmiz, - dedi Tojikiston elchisi.

Barcha echixona vakillari migrasiya masalalari bo‘yicha IIV bosh boshqarmasi tomonidan qo‘shni mamlakat fuqarolari uchun hujjatlarni amal qilish muddati uzaytirilgani eng muhim qaror ekanligini ta’kidladilar.

Bekzod MUSURMONOV tarjimasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!