Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. U aybiga iqror bo‘lgan

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. U aybiga iqror bo‘lgan

Terroristlarni moliyalashtirishda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosi R. A. hibsga olingan, deb xabar berdi Sankt-Peterburg sudlarning Birlashgan press-xizmati.

A.ga nisbatan Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi 1.1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

«Sankt-Peterburgning Moskva okrug sudi A.ga nisbatan 7 aprelga qadar hibsga olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanladi. A. o‘z aybini tan oldi», – deyiladi manbada.

Ish materiallaridan kelib chiqadiki, 2020 yil dekabr oyida A. Islomdagi radikal harakatlarning tarafdori bo‘lib, Rossiyada taqiqlangan "Hayat Tahrir ash-Shom" terroristik tashkilotining a’zosining plastik kartasiga ikki marta pul o‘tkazgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!