Rossiyada o‘g‘irlangan pul evaziga Navalniyning hamtovoqlari AQShda fond ochishdi

Rossiyada o‘g‘irlangan pul evaziga Navalniyning hamtovoqlari AQShda fond ochishdi

Aleksey Navalniyning Korrupsiyaga qarshi fond (FBK)* Amerika kloni paydo bo‘ldi – Anti-Corruption Foundation, Inc. (ACF) Massachusets shtatida ro‘yxatga olindi. Unga FBK** shtablarining sobiq boshlig‘i Leonid Volkov va FBK ijrochi direktori Vladimir Ashurkov rahbarlik qilmoqda. Shuningdek, boshqaruv tarkibiga “Probiznesbank” sobiq egasi Aleksandr Jeleznyak ham qo‘shildi, u Rossiyada bankdan 28 milliard rublni o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda. Bu haqda RTga Massachusets shtatining yuridik shaxslari reestrida e’lon qilingan hujjatlardan ma’lum bo‘ldi.

Ekspertlarning fikriga ko‘ra, yangi fond Navalniy tarafdorlariga Stripe to‘lov servisi orqali donatlarni olish va Amerika hukumat tashkilotlaridan grant olish uchun kerak.
Anti-Corruption Foundation, Inc. notijorat tashkiloti, yaqinda 2021 yil 27 iyulda Massachusets shtatida ochildi, shtat yuridik shaxslari reestridan (opencorporates.com) ko‘chirmadan ma’lum. Bu ma’lumotlarga ko‘ra, Leonid Volkov, Vladimir Ashurkov va Aleksandr Jeleznyak fond direktorlari ro‘yxatiga kiritilgan. Volkov ACF prezidenti, Ashurkov -vise-prezident va g‘aznachi bo‘ldi.
E’tiborlisi, uchalasi ham Rossiya huquq-tartibot idoralari tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan. Ashurkov 2014 yildan beri Navalniy foydasiga donatlar yig‘ishda 10 million rublni o‘zlashtirganlikda ayblanib qidiruvga berilgan. Volkov o‘smirlarni noqonuniy mitinglarga jalb qilganlikda ayblanib, shu yilning fevral oyida qidiruvga berilgan.
Rossiyalik tergovchilar 2017 yildan beri “Probiznesbank” asoschisi Jeleznyakni “Probiznessbank” va “Layf”moliyaviy guruhidan 28 milliard rublni o‘zlashtirganlikda ayblovi bo‘yicha qidirmoqda.

"Navalny Leaks" loyihasi muallifi, advokat Ilya Remesloning so‘zlariga ko‘ra, Jeleznyak Rossiya byudjetiga zarar yetkazgan, ya’ni, u o‘zi FBK kurash olib borayotgan kishilarga misol bo‘la oldi.
"Jeleznyak esa. Bu korrupsiyaga qarshi kurashuvchilar o‘g‘irlik bilan shug‘ullanadigan odamni FBK rahbarlaridan birini etib tanlashi juda ajoyib holat", - dedi Remeslo RT telekanaliga. - Davlatdan o‘nlab milliardlab o‘g‘irlangan pullar hisobiga hashamatli uy sotib olgandi – unda FBK "boshpana bergan".

Manxettenga - ishonchnoma orqali
Massachusets ACF "xorijiy korporasiya" sifatida ro‘yxatga olingan - bu atama AQShda shtat yoki yurisdiksiyada ish yuritadigan kompaniyani tavsiflash uchun qo‘llaniladi. Massachusets fondi bu maqomni oldi, chunki u xuddi shu nomdagi Nyu-York fondining filiali hisoblandi.
"Chet elda o‘tkaziladigan tadbirlar va xorijiy donatlarlarni o‘zlashtirish uchun, shuningdek, AQShning boshqa shtatida o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun chet el korporasiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish kerak", - tushuntirdi Ilya Remeslo. "Navalniy xodimlari dastlab Nyu- Yorkda ichki yuridik shaxsni, keyin esa uning Massachusets shtatidagi bo‘linmasini ro‘yxatdan o‘tkazdilar, u xorijiy korporasiya deb ataladi".

ACF bu nomni Nyu-Yorkda 2021 yil 19 mayda oldi. Biroq, tashkilotning o‘zi 2020 yil aprel oyida paydo bo‘lgan va o‘sha paytda Rikolto, LTD deb nomlangan.

Rossiya prokuraturasi Navalniyning FBKni ekstremistik tashkilot deb tan olish uchun da’vo arizasi berganidan bir oy o‘tib kompaniya nomini o‘zgartirishdi. Yuridik shaxslari reestridan ko‘chirma ma’lumotlariga ko‘ra, Leonid Volkov kamida 27 iyuldan beri ACF prezidenti bo‘lgan.
* Korrupsiyaga qarshi kurashish fondiRossiya Adliya vazirligining 09.10.2019 yildagi qarori bilan xorijiy agent vazifasini bajaruvchi nohukumat tashkilotlari reestriga kiritilgan. Tashkilot ekstremistik deb tan olingan, uning faoliyati Moskva shahar sudining 09.06.2021 yildagi qarori bilan Rossiya hududida taqiqlangan.
** "Navalniy shtablari" jamoatchilik harakati - ekstremistik deb tan olingan tashkilot, uning faoliyati Moskva shahar sudining 09.06.2021 yildagi qarori bilan Rossiya hududida taqiqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!