Rossiyada «Put» islom telekanali ishga tushiriladi

Rossiyada «Put» islom telekanali ishga tushiriladi

Chechenistonning birinchi prezidenti Ahmat Qodirov nomidagi «Put» islom telekanali o‘z ko‘rsatuvlarini Rossiya bo‘ylab efirga uzatish uchun lisenziya oldi. Bu haqda Islom.uz xabar berdi.

Bu haqda Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida ma’lum qilgan.

Uning aytishicha, «Put» islom telekanali bunday lisenziyaga ega bo‘lgan yagona mintaqaviy telekanal hisoblanadi.

Kuni kecha ushbu voqeaga bag‘ishlangan tantanali tadbir Grozniydagi davlat teatr-konsert zalida o‘tkazilgan.

IA (IslamNews) xabariga ko‘ra, telekanalni dunyoda taniqli diniy arbob Adam Shaxidov boshqaradi.

«U tufayli yoshlarimiz islom haqidagi bilimlarini o‘rganishga, ularni yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi, bu ularni diniy-ekstremistik g‘oyalar ta’siridan asrashga xizmat qiladi», – deb yozgan Chechiniston rahbari, ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida.

Manba: daro. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!