Rossiyada parranda grippi ham tarqaldi

Rossiyada parranda grippi ham tarqaldi

Xavfli H5N8 virusi belgilari aniqlangani sababli Qozog‘iston Rossiya Federasiyasi bilan chegarada cheklovlar joriy qildi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

Parranda grippi bilan bog‘liq eng xavfli hudud Qozog‘istonning shimoli-g‘arbida joylashgan, deyiladi "Kazinform" xabarida.

"Joriy yilning 3-4 avgust kunlari Rossiya Federal veterinariya va fitosanitariya nazorati xizmatining Chelyabinsk bo‘limi ushbu hududda aniqlangan parranda grippi virusining genetik xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumot tarqatdi. O‘lgan qushlardan olingan barcha namunalarda H5N8 gripp virusining kichik turi aniqlandi. Ma’lumki, barcha turdagi qushlar grippga moyil. Bu qishloq xo‘jaligi, sinantrop va yovvoyi qushlarning yuqumli va tez tarqaladigan virusli kasalligi. Shu sababli, parranda grippining ommaviy tarqalishi xavfi mavjud", deyiladi Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi bayonotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!