Rossiyada halok bo‘lgan o‘ninchi o‘zbekistonlikning ham shaxsi aniqlandi

Rossiyada halok bo‘lgan o‘ninchi o‘zbekistonlikning ham shaxsi aniqlandi

Rossiya Federasiyasi Tomsk oblastida sodir bo‘lgan yong‘inda halok bo‘lgan o‘ninchi fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritildi.

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 21 yanvar kuni Rossiya Federasiyasi Tomsk oblastida yong‘in natijasida 2 nafar fuqaro jabrlanib, 10 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari voqea joyida vafot etgan edi.

Tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida so‘nggi o‘ninichi hamyurtimizning shaxsiga aniqlik kiritildi:

Zokirov Muhammadali Zokir o‘g‘li, 1998 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!