Rossiyada bombardimonchi samolyot quladi

Rossiyada bombardimonchi samolyot quladi

Stavropol o‘lkasi Krasnogvardeyskiy rayonida Tu-22M3 rusumli uzoq masofaga harakatlanuvchi bombardimonchi samolyot quladi.

Uchuvchilar katapulta qilingan, ulardan uch nafari tirik holda topilgan, to‘rtinchisi qidirilmoqda.

RF mudofaa vazirligi hodisa jangovar vazifani bajarib qaytish chog‘ida ro‘y berganini ma’lum qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avariyaga texnik nosozlik sabab bo‘lgan. Bortda o‘q-dori bo‘lmagan, samolyot odamlar yashamaydigan joyga qulagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!