Rossiya va Belarus sportchilarining “Parij-2024”da qatnashishi bo‘yicha qaror qabul qilindi

Rossiya va Belarus sportchilarining “Parij-2024”da qatnashishi bo‘yicha qaror qabul qilindi

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Ijroiya kengashi Rossiya va Belarus sportchilarining kelgusi yil Parijda o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtiroki masalasini hal etdi.

Qarorga ko‘ra, ushbu ikki davlat pasportiga ega betaraf sportchilar qat’iy shart, jumladan Olimpiadadan oldin ham, musobaqa paytida ham aksildoping talabga rioya qilgan holda o‘yinlarda qatnashishi mumkin. Ular uchun Xalqaro antidoping tashkiloti (WADA)dan biologik pasport olgan holda, “Parij-2024”da qatnashish huquqi ta’minlanishi nazarda tutilmoqda. Mazkur talab Rossiya antidoping tashkiloti tomonidan ham ma’qullandi.

XOQ rasmiy veb-saytida keltirilishicha, Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun betaraf sportchi o‘zining “toza” ekanligini isbotlashi kerak.

2022 yil fevral oyidan beri Rossiya va Belarus sportchilari xalqaro miqyosdagi musobaqalar, Olimpiya tizimidagi turnirlarda to‘laqonli ishtirok etishmagan va bu holat ularning aksildoping qoidaga to‘la-tukis javob berishida xavotir uyg‘otadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!