Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov kelasi hafta AQShga boradi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov kelasi hafta AQShga boradi

AQSh rasmiylarining juma kuni bergan ma’lumotiga ko‘ra,  Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov kelasi hafta Vashingtonga tashrif buyuradi. Lavrov AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan muzokaralar olib borishni rejalashtirgan.

Ikki davlatning yuqori martabali amaldorlari ushbu uchrashuvda qurol nazorati,  Ukraina va Suriyadagi vaziyat hamda AQSH-Rossiya munosabatlarining keskinlashuvi bilan bog‘liq boshqa masalalarni muhokama qilishadi. Pompeo va Lavrov o‘tgan yili Nyu-York va Rossiyada bir necha bor uchrashishdi.Shuningdek, ular telefon orqali ham muloqot olib borishgan. Ammo Vashington ilk marta ularning uchrashuviga mezbonlik qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!