Rossiya klubi o‘zbekistonlik futbolchi transferini e’lon qildi (VIDEO)

Rossiya klubi o‘zbekistonlik futbolchi transferini e’lon qildi (VIDEO)

Rossiyaning «Ufa» futbol klubi rasmiy sayti orqali O‘zbekiston milliy jamoasining 19 yoshli yarimhimoyachisi Oston O‘runov bilan uzoq yillik shartnoma imzolaganligini e’lon qildi.

«Oston O‘runov «Paxtakor» futbol maktabi tarbiyalanuvchisi sanalib, 2017 yilda «Navbahor» safiga o‘tgan. Ikki yil davomida 51 o‘yinda 3ta gol urgan futbolchi 2019 yilning iyul oyida Toshkentning «Lokomotiv» jamoasiga kelgan. Oston ikki yil avval - 2018 yilda O‘zbekistonning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan» - deyiladi ufaliklar klubi rasmiy saytida.

Ma’lumot uchun, hamyurtimiz qariyb ikki hafta davomida Rossiya Premyer-ligasi jamoasining Kiprda o‘tkazgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashgan edi.

O‘z navbatida Oston O‘runov klubning tvitterdagi rasmiy sahifasi orqali muxlislarga salom yo‘llagan:

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!