Rossiya faqat uch yoki to‘rt marta yuqori darajadagi kuchli hujum amalga oshirish imkoniyatiga ega

Rossiya faqat uch yoki to‘rt marta yuqori darajadagi kuchli hujum amalga oshirish imkoniyatiga ega

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Oleksiy Danilov Rossiyada yana uch yoki to‘rt marta yirik masshtabdagi hujumlar amalga oshirish uchun yetarli raketalar mavjudligini taxmin qildi, deb yozadi UNIAN.

Rossiya energetika infratuzilmasini nishonga olgan bir necha qator yirik raketa hujumlarini amalga oshirdi. Qish oldidan yuz minglab aholi issiqlik va elektr energiyasisiz qoldi. Rossiya prezidenti kecha buni Qrim ko‘prigiga berilgan zarbalarga javob deb atadi.

Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari raketalarning 75–90 foizini urib tushirganini ta’kidladi. Rossiya Mudofaa vazirligi barcha raketalar nishonga urilganini da’vo qilmoqda.

Danilovning ta’kidlashicha, Rossiyada raketa qurollari soni tez sur’atlar bilan kamayib bormoqda, shu sababli mamlakat hukumati dunyo bo‘ylab qo‘shimcha ta’minot qidirishga majbur. Moskva raketalar taqchilligini rad etdi va Ukrainani ommaviy o‘qqa tutishni to‘xtatish rejasini e’lon qilmadi.

Danilov, shuningdek, Eron ballistik raketalarni Rossiyaga topshirgani haqidagi ma’lumotlar hali tasdiqlanmaganini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!