Rossiya 2,5 yil davomida xakerlar tomonidan eng ko‘p hujumga uchragan davlat bo‘ldi

Rossiya 2,5 yil davomida xakerlar tomonidan eng ko‘p hujumga uchragan davlat bo‘ldi

Xakerlar Rossiyaga kiberhujum qilishda davom etmoqda, bu mamlakat so‘nggi 2,5 yil davomida dunyodagi eng ko‘p hujumga uchragan mamlakat bo‘lib qolmoqda, dedi «Kasperskiy laboratoriyasi»ning Rossiya va MDH mamlakatlaridagi boshqaruvchi direktori Anna Kulashova RIA Novosti agentligiga.

Qayd etilishicha, 2024 yilning 8 oyida Kasperskiy laboratoriyasi mahsulotlaridan foydalanadigan rossiyaliklarning yarmidan ko‘pi hujumga uchragan. Moliyaviy va davlat sektorlari, telekommunikasiya kompaniyalari, ommaviy axborot vositalari va sanoat kiberjinoyatchilarning e’tiborini eng ko‘p jalb qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!