Rivojlangan mamlakatlar koronavirusga qarshi vaksinalarni keragidan ortiq hajmda sotib olmoqda

Rivojlangan mamlakatlar koronavirusga qarshi vaksinalarni keragidan ortiq hajmda sotib olmoqda

Rivojlangan davlatlar koronavirusga qarshi vaksinalarni o‘z ehtiyojlaridan ortiq hajmda sotib olmoqda. Bu haqda kambag‘allik va kasalliklarga qarshi kurashish tashkiloti ONE Campaign hisobotiga tayanib «Korrespondent.net» xabar berdi.

Ayni paytgacha AQSH, Yevropa Ittifoqi, Avstraliya, Kanada va Yaponiya 3 milliard doza koronavirusga qarshi vaksina sotib olgan, bu ushbu mamlakatlar aholisini emlash uchun keragidan 1 milliard dozaga ortiq hisoblanadi.

Tashkilot AQSh va Buyuk Britaniyani pandemiyaga qarshi global kurashish uchun ortiqcha dozalarni ulashishga chaqirdi. Agar shunday qilinmasa, milliardlab odamlar koronavirusga qarshi zarur himoyaga ega bo‘la olmaydi, bu esa pandemiyani yanada uzaytiradi.

Avvalroq JSST rahbari Tedros Gebreyesus faqat COVAX dasturi yordamida dunyo bo‘ylab COVID-19’ga qarshi vaksinasiyaning adolatli taqsimlanishini amalga oshirish mumkinligini ta’kidlagan edi.

Ma’lumot uchun, bungacha JSST COVID-19’ga qarshi kurashish uchun yangi loyihani salkam 2 milliard dollarga baholagan edi. Rejani to‘liq moliyalashtirish «global tiklanish uchun sarmoyadir», dedi Tedros Gebreyesus.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!