Redmi “Garri Potter” filmi motivlari asosida yangi gadjetni taqdim etdi

Redmi “Garri Potter” filmi motivlari asosida yangi gadjetni taqdim etdi

Xiaomi o‘zining yangi Redmi Turbo 3 smartfoni va Redmi Pad Pro nomli yangi planshetining maxsus versiyasini taqdim etdi. Gadjetlar Garri Potterning sehrli olami uslubida ishlab chiqilgan.

Qurilmalar noyob dizaynga ega bo‘lib, interfeysida ham filmga oid mashhur iboralardan foydalanilgan. Masalan, telefon fonari o‘rniga “Lyumos” yozuvli sehrli tayoqcha turadi. Smartfon orqa tomonida Garri Potter olamiga xos turli predmetlar rasmi tushirilgan. Ha, IT giganti auditoriyani qanday jalb qilishni yaxshi biladi!

Smartfon komplektiga maxsus dizaynli g‘ilof, stikerlar va shunga o‘xshash mayda predmetlar kiritilgan. Smartfon xarakteristikasi boshqalardan deyarli farq qilmaydi. Unda Snapdragon 8s Gen 3 chipi, 16 Gb operativ xotira, 6,67 dyuymli ekran va 1,5K o‘lchamli kamera o‘rnatilgan.

Redmi planshetining ko‘rinishi bundan-da yorqinroq dizaynga ega — uning korpusi faqat Xogvars emblemasi bilan bezatilgan bo‘lib, g‘ilofi sehrgarlar maktabida o‘qish uchun taklifnoma shaklida ishlab chiqilgan. Planshet 12,1 dyuymli ekran va Snapdragon 7s Gen 2 prosessoriga ega.

Yangi modeldagi gadjetlarning sotuvi 15 apreldan yo‘lga qo‘yiladi. Barcha komplektasiyani o‘z ichiga olgan planshetning narxi 262 dollar, smartfon esa 317 dollarga baholangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!