"Real" yozgi transfer uchun "arzon" va "qimmat" variantlarni tuzib chiqdi

"Real" yozgi transfer uchun "arzon" va "qimmat" variantlarni tuzib chiqdi

Real rahbariyati yozda xarid qilinishi mumkin bo‘lgan futbolchilarni ikki toifaga ajratdi, deb xabar tarqatdi El Confidencial .

Manbaning yozishicha, qirollik klubi ning arzon va qimmat transfer maqsadlari bor.

Arzon variant bu Chelsi a’zosi Eden Azar va Ayntraxt futbolchisi Luka Yovich bo‘lib, Real bu futbolchilar uchun 200 mln yevro sarflamoqchi. Shuningdek, PSJ a’zosi Adrian Rabyoni tekinga qo‘lga kiritmoqchi.

Ikkinchi variant esa Liverpul hujumchisi Sadio Mane va Manchester Yunayted a’zosi Pol Pogbadir. Buning uchun qirollik klubi 300 mln yevrodan ko‘proq sarflashi kerak bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!