"Real" Mane uchun Asensioni bermoqchi

"Real" Mane uchun Asensioni bermoqchi

"Real" va "Liverpul" yozda o‘zaro futbolchi almashishlari mumkin, deb yozmoqda "Daily Express".

Manbaga ko‘ra, ingliz klubi Marko Asensioga qiziqmoqda, "Real"ga esa Mane kerak. Aniqrog‘i, "qizillar" ustozi Yurgen Klopp Asensioni jamoasida ko‘rishni istayotgan bo‘lsa, Zidan Maneni Madridga olib kelmoqchi. Shu bois klublar o‘zaro futbolchi almashishlari mumkin.

Tugallangan mavsumda 23 yoshli Asensio 44 o‘yinda 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 27 yoshli Mane esa 50 ta o‘yinda 26 ta gol urib, 5 ta assistentlik qildi. 

Asensioning transfer bozoridagi narxi 60 mln yevro, Maneniki esa 120 mln yevro.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!