Ramazon arafasida: oziq-ovqat narxlari 10 foizga oshdi

Ramazon arafasida: oziq-ovqat narxlari 10 foizga oshdi

Ramazonga sanoqli kunlar qolganida Tojikiston bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlarining narxi o‘rtacha 10 foizga ko‘tarilgani kuzatilmoqda.

Asia-Plus nashrining xabar berishicha, poytaxt Dushanbe bozorlarida bir kilo go‘shtning narxi 40 somonidan 45 somoniga ($4,2 dan $4,7 ga) chiqqan. Bir qop unning narxi esa 200 somoni ($21) bo‘lgan, vaholanki, bir necha kun avval 180 somoni ($19) edi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxi ham oshgan. Masalan, 3 somonidan sotilayotgan bodring 4 somoniga chiqqan. Sotuvchilar buni ob-havoning noqulay kelishi bilan izohlamoqda. Shuningdek, karam, piyoz, sabzi va pomidorning narxi ham oshgan.

O‘tgan yili Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon tadbirkorlarni Ramazonda narxlarni sun’iy ravishda oshirmaslikka chaqirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!