Quvadagi bechora nogironning o‘limi kimga kerak? Oliy sud ma’lumot berdi

Quvadagi bechora nogironning o‘limi kimga kerak? Oliy sud ma’lumot berdi

Oliy sud Effect.uz veb-sayti tomonidan e’lon qilingan “Quvadagi bechora nogironning o‘limi kimga kerak?” material yuzasidan ma’lumot berdi.

Da’vogar - Quva tuman hokimligi javobgar - M. Xolmatovaga nisbatan da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilib, unda Quva tumani, “Toshkent” MFY, Muruvvat ko‘chasi, 28 uyda yashovchi fuqaro M. Xolmatova tomonidan shu hududda joylashgan tuman hokimligi zaxirasidagi 300 kv. metr yer maydonida o‘zboshimchalik bilan beton g‘ishtli to‘siq devor qurib olinib, 300 kv. metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani, tuman qurilish bo‘limi xodimlari tomonidan ushbu qurilmalarni o‘z hisobidan buzib olishi to‘g‘risida bir necha marta ogohlantirilgan bo‘lsa-da, javobgar o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino-inshootlarini buzish choralarini ko‘rmaganini bildirib, javobgar M. Xolmatova tomonidan Quva tumani, “Toshkent” MFY, Muruvvat ko‘chasida joylashgan 300 kv. metr yer maydonida o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmani javobgar tomonidan yoki uning hisobidan buzdirishni so‘ragan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi apellyasiya instansiyasining 2020 yil 25 iyundagi ajrimi bilan o‘zgarishsiz qoldirilgan Farg‘ona tumanlararo sudining 2020 yil 11 fevraldagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, javobgar M. Xolmatova tomonidan Quva tumani, “Toshkent” MFY, Muruvvat ko‘chasi hududida joylashgan 300 kv. m yer maydonida o‘zboshimchalik bilan qurilgan 39.9 p/m beton g‘ishtli to‘siq devor javobgarning hisobidan buzdirish belgilangan.

Sud qarorlari hozirda qonuniy kuchda.

M. Xolmatova sud hujjatlaridan norozi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat keltirgan.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik prosessual kodeksi 427-moddasi 1-qismining 4-6-bandlariga ko‘ra nazorat tartibidagi shikoyatda ishni birinchi, apellyasiya yoki kassasiya instansiyasi bo‘yicha ko‘rgan sudlar va ular tomonidan qabul qilingan sud hujjatlarining mazmuni, ustidan shikoyat qilinayotgan (protest keltirayotgan) sud hujjati, sud hujjati nazorat tartibida qayta ko‘rilishi uchun asoslar, bunday asoslar mavjudligidan dalolat beruvchi vajlar ko‘rsatilishi kerak.

Ushbu Kodeksining 428-moddasi 1-qismida shikoyatga shikoyat qilinayotgan sud hujjatlarining ko‘chirma nusxalari ilova qilinmagan va davlat boji va pochta harajati to‘lanmagan bo‘lsa, nazorat tartibidagi shikoyat qaytarilishi belgilab qo‘yilgan.

Yuqoridagi qonun talablariga ko‘ra, M. Xolmatova o‘z arizasiga norozilik bildirayotgan sud hujjatlarining, ya’ni, apellyasiya instansiyasining 2020 yil 25 iyundagi ajrimi va 2020 yil 11 fevraldagi hal qiluv qarori ilova qilmaganligi hamda to‘langan davlat boji va pochta harajati kvitansiyalari asli emas, nusxalari ilova qilganligi sababli shikoyati qaytarilgan.

Bu bo‘yicha M. Xolmatovaga 2020 yil 7 sentyabrdagi 12-13396-20-raqamli javob xati yuborilgan bo‘lib, unda mavjud kamchilik bartaraf etilganidan so‘ng ishda ishtirok etgan tarafning nazorat tartibidagi shikoyati bilan Fuqarolik prosessual kodeksining 426 va 427-moddalari asosida umumiy tartibda murojaat qilish huquqi mavjudligi tushuntirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!