Qozondan Sochiga uchayotgan samolyotni yashin urdi

Qozondan Sochiga uchayotgan samolyotni yashin urdi

Pobeda aviakompaniyasining Qozon shahridan Sochiga uchayotgan samolyotni yashin urdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Sochi shahar aeroporti xabariga asosan.

Sochi aeroportidan 35 km masofada Pobeda aviakompaniyasining qo‘nishga tayyorlanayotgan samolyotini yashin urdi. Sochi aeroportida samolyotni texnik mutaxassislar ko‘zdan kechirganidan so‘ng, u o‘zining doimiy aeroporti bo‘lgan Vnukovoga yo‘lovchilarsiz parvoz qildi , - deyilgan xabarda.

Moskvaga ushbu samolyotda uchishi kerak bo‘lgan yo‘lovchilar uchun boshqa samolyot taqdim etildi.

Zamonaviy samolyotlarni yashin urishi - jiddiy xavf tug‘dirmaydi. Hozir samolyot beligilangan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tmoqda. Barcha mijozlar Sochidan Moskvaga boshqa parvozlar bilan olib kelindi , - deyilgan aviakompaniya xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning iyul oyida Air Moldovaning Kishinevdan Sankt-Peterburgga uchayotgan samolyotin ham yashin urgan edi. O‘shanda ichida 113 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot, jiddiy nosozlik kuzatilmagan bo‘lsada, aeroportga qaytishga qaror qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!