Qozonda 800 kilolik Qur’on kitobi ta’mirlandi

Qozonda 800 kilolik Qur’on kitobi ta’mirlandi

Rossiya Federasiyasi Madaniyat vazirligi buyurtmasiga binoan Qozon davlat universitetining Xalqaro munosabatlar institutida dunyodagi eng katta Qur’on kitobi ta’mirlandi. 

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur kitobni tayyorlashda o‘lchamining kattaligi, muqovasining og‘irligi hisobga olinmagan, bosmaxonada bo‘yoqlari yaxshi quritilmagan. Ustiga-ustak, kitobning tikilgan joyi mustahkam bo‘lmagan. Oqibatda kitob yaroqsiz holga kela boshlagan.

Ushbu Qur’oni Karim 2011 yilda Italiyada tayyorlangan bo‘lib, Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan. Uning o‘lchami 200 ga 150 sm, og‘irligi esa 800 kilogrammga teng. Kitob 632 sahifadan iborat. U Tataristonning Bolgar shahrida doimiy ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!