Qozog‘istonliklar familiyasida "Nur" old qo‘shimchasi paydo bo‘ladimi?

Qozog‘istonliklar familiyasida "Nur" old qo‘shimchasi paydo bo‘ladimi?

Gazetalarning birida endilikda qozog‘istonliklar familiyasiga Nur old qo‘shimchasi qo‘shilishi haqida xabar e’lon qilingach, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu yangilikni qizg‘in muhokama qilishga kirishib ketdilar.

Nashr 28 mart kuni e’lon qilgan maqolada quyidagicha so‘zlar keltirilgan:

Industriya va raqamli taraqqiyot vazirligi farmoyishiga ko‘ra, 2019 yil 1 apreldan boshlab qozog‘istonliklar familiyasiga shartli ravishda Nur old qo‘shimchasi qo‘shiladi. Shu tariqa, deylik Axmetov nur-Axmetov, Ivanov - Nur-Ivanov, Kim - Nur-Kimga aylanadi , - deyiladi matnda.

Izohda aytilishicha, Nur prefiksi butun dunyoda qozog‘istonliklarning muvaffaqiyati va ularni tanitadigan ramzga aylanadi.

Bu xabar internet foydalanuvchilari orasida shov-shuvlarga sabab bo‘lgach, Qozog‘iston axborot va ijtimoiy taraqqiyot vazirligi yangilikka izoh berdi.

Bu g‘irt safsata. Siz buni aniq ko‘rinib turgan bir necha xususiyatlarga qarab aniqlasangiz bo‘ladi. Misol uchun, materialda Industriya va raqamli taraqqiyot vazirligiga tayanishmoqda. O‘zingizga yaxshi ma’lumki, bunday idora Qozog‘istonda mavjud emas. Ikkinchidan, iqtibos egasi kimligi ham ko‘rsatilmagan. Agar bu farmoyish chindan mavjud bo‘lganida, izohni davlat organining aniq vakili bergan bo‘lardi va u kamida o‘z ism-sharifi va ish joyini aytgan bo‘lardi , - deya tushuntirgan vazirlik matbuot-kotibi Ayjan Musinova.

Ayol shuningdek, material tagidagi manba sifatida birinchi aprel Shuchinski ko‘rsatilgani, bu esa xabar birinchi aprel hazili ekanligiga ishora qilishini qo‘shimcha qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!