Qozog‘istonlik qiz «Dunyo go‘zali – 2018» tanlovida boks usullari bilan hammani hayratga soldi

Qozog‘istonlik qiz «Dunyo go‘zali – 2018» tanlovida boks usullari bilan hammani hayratga soldi

Dunyo go‘zali 2018 tanlovida Qozog‘iston vakili Sabina Azimbayeva jyuri va tomoshabinlarni o‘z xobbisi bilan hayratga soldi, deb yozadi Nur.kz .

Sabina boksga qiziqishini so‘zlab berdi. 18 yoshli qiz nafaqat xobbisi haqida gapirib berdi, balki mazkur yakkakurashning bir nechta usullarini ommaga namoyish ham qildi.

Qiz boksdan tashqari raqs bilan shug‘ullanadi va Musiqali komediya uyg‘ur teatri sahnasida chiqish qiladi. U Xalqaro biznes universitetining talabasi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!