Qozog‘istonda qimiz tayyorlash bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi

Qozog‘istonda qimiz tayyorlash bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi

Qozog‘istonda ilk marta qimiz tayyorlash bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi, deb xabar bermoqda «Zakon.kz».

Tashabbus Qarag‘anda viloyati Janaariq tumanining 90 yilligi hamda yozuvchi va shoir Saken Seyfullinning 125 yillik yubileyi tantanalari doirasida amalga oshirildi.

Mahalliy fermerlar o‘lkaning dong‘ini dunyoga tartishga bel bog‘lashdi. O‘ziga xos aksiyada qatnashish uchun tumanning 12 qishlog‘i va ikkita posyolkasidan 1000 nafar kishi keldi. Ular bir paytning o‘zida maxsus idish — kuvida 10 ming litr qimiz pishishdi.

Rekordni qayd etish uchun xalqaro ekspertlar ham yetib kelishdi.

«Rekordni qayd etish uchun atayin Kubadan keldim. Juda ko‘p rekordlarni ko‘rganmiz, ammo bu — birinchisi. Yakuniy natijani bir oydan so‘ng o‘z saytimizda ma’lum qilamiz», — dedi Ginnesning rekordlar kitobi vakili Yudelkis Dias.

Janaariq tumani rahbariyatiga rekord o‘rnatilgani haqida sertifikat topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!