Qozog‘istonda minglab ishchilar xorijiy boshliqlarni do‘pposladi

Qozog‘istonda minglab ishchilar xorijiy boshliqlarni do‘pposladi

Qozog‘istonning Atirau viloyati cho‘lida joylashgan Tengiz posyolkasida 3GI korxonasining minglab ishchilar korxonaning xorijiy fuqarolardan iborat rahbariyatiga qarshi namoyishga chiqdi, Sputnik Qozog‘iston xabariga asosan.

Mingdan ortiq agressiv kayfiyatdagi ishchilar korxonaga tegishli bo‘lgan avtobuslar oynalarini sindirib, xorijiy fuqarolarni do‘pposlashdi. Xabarda aytilishiga ko‘ra, xorijiy pudratchi CCEP kompaniyasining bir necha ishchisi jarohat olgan. Jarohat olganlarning umumiy soni 30 kishiga yetgan.

Ushbu tartibsizliklarga logistika bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlayotgan liviyalik Eli Daud (Eli Daoud) ismli fuqaroning ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan surati sabab bo‘lgan. Shov-shuvga sabab bo‘lgan suratda u qo‘lida rasiya ushlab turibdi. Rasiyaning antennasi uning orqasida turgan qozog‘istonlik ishchi qizning lablari to‘g‘risida aks etgan.

Ayni damda Tengiz posyolkasi Qozog‘iston energetika vazirning o‘rinbosari Maxambet Dosmuxambetov, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi vakili, polisiya va sud vakillari yo‘l olishgan.   

Eli Daud ijtimoiy tarmoqlarda qozog‘istonliklardan kechirim so‘rab qoldirgan videosini yozib qoldirdi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!