Qozog‘istonda ilk marta sun’iy yo‘l bilan tug‘ilgan qiz ona bo‘ldi

Qozog‘istonda ilk marta sun’iy yo‘l bilan tug‘ilgan qiz ona bo‘ldi

Qozog‘istonda ilk marta sun’iy urug‘lantirish (EKO) orqali tug‘ilgan qiz endi o‘zi ona bo‘lgan. O‘zbekistonda ham sun’iy urug‘lantirishga ruxsat berishmoqchi.

Bundan 22 yil oldin Alesya Shin ana shunday sun’iy yo‘l orqali dunyoga kelgandi. Uning ota-onasi bir necha yil farzand ko‘rolmagach, shu yo‘lni tanlashgan edi. Bugun esa Alesyaning o‘zi tabiiy yo‘l bilan ona bo‘lgan.

Qozog‘istonda ochilgan xususiy klinikada sun’iy urug‘lantirish narxi boshqa davlatlardagiga qaraganda ancha arzon — 1,5 ming dollar. Shuning uchun boshqa mamlakatlar, ayniqsa, qo‘shni O‘zbekiston va Qirg‘izistondan ko‘plab bemorlar u yerga bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!