Qozog‘istonda 51 nafar O‘zbekiston fuqarosi qutqarib qolindi

Qozog‘istonda 51 nafar O‘zbekiston fuqarosi qutqarib qolindi

Qozog‘istonning "Olma-Ota – Yekaterinburg" trassasida buzilib qolgan avtobusdan 51 nafar O‘zbekiston fuqarosi qutqarib qolindi, deb xabar qilmoqda qo‘shni mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Qozog‘iston FVVga 5 dekabr kuni tong soat 4 lar atrofida “Olma-Ota – Yekaterinburg” trassasidv avtobus buzilib qolgani haqida xabar yetib keladi. Tezkor brigada voqea joyiga yetib kelib cho‘lda buzilib qolgan avtobus yo‘lovchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi va birinchi yordamni ko‘rsatadi. Yo‘lovchilardan 35 nafari Sarishagan shaharchasi vokzaliga, 16 kishi esa Aziya Petrol kafesiga olib borib qo‘yildi.

Shuningdek, FVV xodimlari tomonidan buzilib qolgan “Gazel” mikroavtobusidan 8 nafar Qirg‘iziston fuqarolari ham qutqarib qolindi. Ular Sarishagan posyolkasidagi dam olish uyiga joylashtirilgan.

Qozog‘iston FVV xabariga ko‘ra, har qanday texnika yo‘lda buzilib qolishi mumkin. Boshqa vaqtda bir ikki soat davomida mashina ichida o‘tirib yordam kutish mumkin bo‘lsa, qish vaqtda buning iloji yo‘q. Darhol yordam ko‘rstatilmasa yo‘lovchilar sovuqdan muzlab qolishlari mumkin.

Ushbu holatlarning oldini olish maqsadida bugungi kunda  Qozog‘iston hududidagi trassalar bo‘yida 40 ta ekstremal yordam ko‘rsatish punktlari ishlamoqda. Ular o‘tayotgan har qanday avtotransportga yordam ko‘rsatishga tayyor. 2018 yilning qishgi mavsumi boshidan buyon FVV xodimlari 60dan ortiq kishining hayotini saqlab qolishdi, deyilgan xabarda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!