Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev yana bir rahbarni ishdan oldi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev yana bir rahbarni ishdan oldi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi rahbarini almashtirdi. Endi bu lavozimni Aset Irgaliyev egallab turibdi. Bu haqda 6 yanvar, payshanba kuni davlat rahbarining rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Bungacha 35 yoshli Irgaliyev Milliy iqtisodiyot vazirligini boshqargan edi.

Toqayev farmoni bilan shu kungacha Qozog‘iston Respublikasi Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi raisi lavozimida ishlab kelgan Ostona xalqaro moliya markazi gubernatori Qayrat Kelimbetov lavozimidan ozod etildi.

Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin, Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Toqayev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan Qozog‘istondagi vaziyatni muhokama qilgani ma’lum bo‘lgan edi. Tomonlar, shuningdek, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) nizomiga muvofiq xavfsizlik bo‘yicha yagona pozisiyani muhokama qildilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!