Qozog‘iston benzinni O‘zbekistonga eksport qilish huquqini qo‘lga kiritdi

Qozog‘iston benzinni O‘zbekistonga eksport qilish huquqini qo‘lga kiritdi

Qozog‘iston va Rossiya chorshanba kuni respublikaga benzin eksportini boshlashga ruxsat beruvchi bayonnomani imzoladilar, deya xabar beradi RIA Novosti.

Avvalroq, «Kazmunaygaz» milliy kompaniyasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari Doniyor Tiyesov Qozog‘iston kuzdan Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistonga benzin yetkazib berishni mo‘ljallayotgani haqida aytgandi - yil yakunlariga ko‘ra 400 ming tonnagacha eksport qilish rejalashtirilmoqda, 2019 yilda esa benzin eksporti hajmi 1-1,2 million tonnani tashkil etishi mumkin.

Keyinchalik Bozumbayev eksport qilishni boshlash uchun Rossiya Federasiyasi bilan ikki tomonlama kelishuvni o‘zgartirish zarurligini tushuntirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston energetika vaziri Kanat Bozumbayev mamlakat rahbariyati qo‘shni davlatlarga benzinning ortiqcha qismini jo‘natishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandi.

Uning bildirishicha, oktyabr-noyabr oylarida yonilg‘i-moylash materiallarini eksport qilish muhim ahamiyat kasb etadi, aks holda Qozog‘istonda avval hech qachon bo‘lmagan to‘xtashlarni amalga oshirish talab etiladi. 

«Bugungi kunda ikkita modernizasiya qilingan zavod bizga benzin profisitini berdi. Agarda bu 500 ming tonna bo‘lsa, mamlakat bozori mahsulotga to‘lib ketadi», - deya ma’lum qilgandi Qozog‘iston energetika vaziri.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!