«Qonli ko‘lga aylantirmang». Erdo‘g‘an Rossiya va Eronga chaqiriq bilan chiqdi

«Qonli ko‘lga aylantirmang». Erdo‘g‘an Rossiya va Eronga chaqiriq bilan chiqdi

Suriyaning Idlib viloyatini ushbu davlat prezidenti Bashar Asadga «shunchaki» topshirib qo‘yish kerak emas, Anqara bu viloyat «qonli ko‘lga» aylanishini xohlamaydi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Tehrondagi uch tomonlama muzokaralar chog‘ida ma’lum qilgan.

Erdo‘g‘andan tashqari Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ishtirok etgan sammitdan translyasiya YouTube videoservisida uzatilgan, deb xabar bermoqda RBK.

«Biz Idlib qonli ko‘lga aylanmasligini, hamda sizlarning do‘stlaringiz sifatida, sizlar ham bu sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashingizni istaymiz», - dedi Erdo‘g‘an. «Biz bu mintaqani shunchaki Asad rejimiga topshiriq qo‘ymasligimiz kerak», - deya davom etgan u. Shuningdek, Erdo‘g‘anning bildirishicha, «Idlibga qilingan har qanday hujum falokatga, qotillikka va insoniyatning buyuk fojiasiga olib keladi».

Avvalroq, Erdo‘g‘an Idlibda taxminan 3,5 million kishi borligi va «bu tumanga raketalar ucha boshlasa, jiddiy qon to‘kilishi yuz berishi» haqida ogohlantirgandi. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu tumandagi keng miqyosli hujum Turkiyaga qochqinlarning yangi to‘lqinini vujudga keltiradi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!