Qiziq! Xitoy yonida kuchli bomba yashiringan ekan. Ammo bu Rossiya yoki AQShniki emas

Qiziq! Xitoy yonida kuchli bomba yashiringan ekan. Ammo bu Rossiya yoki AQShniki emas

Xitoy ommaviy axborot vositalari Yaponiya kamida 6 ming atom bombasi to‘planganini xabar qilishdi.

Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, quyosh mamlakati bu bombalarni bir necha yillar davomida yashirincha to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Yadro yoqilg‘isi Yaponiya tomonidan atom elektr stantsiyalari tarmog‘ini rivojlantirish bahonasida ishlab chiqarilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, agar kerak bo‘lsa, yapon mutaxassislari kamida yana 6 mingta atom bombasini ishlab chiqarishi mumkin ekan.

Qayd etish kerakki, Ikkinchi Jahon urushidagi mag‘lubiyatdan so‘ng, Yaponiya tomoni to‘laqonli qurolli kuchlarga ega bo‘lish huquqiga ega emas. O‘shandan beri mamlakat mudofaa kuchlari tomonidan himoya qilinmoqda.

Biroq harbiy mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bunday maqom uzoq vaqtdan beri Yaponiya tomoniga ma’qul kelmayapti.

Ta’kidlanishicha, mamlakat o‘zining harbiy salohiyati jihatidan dunyoda birinchi o‘ntalikka kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!