Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda qanday qilib barqaror o‘sishga erishish mumkin ?

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda qanday qilib barqaror o‘sishga erishish mumkin ?

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) mutaxassislari xalqaro tajriba asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda qanday qilib barqaror o‘sishga erishish mumkinligini tahlil qildi.

2022 – 2026 yillar uchun mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda har yili 5 foiz o‘sishni ta'minlash ko‘zda tutilgan.

Tadqiqot davomida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda uzoq muddat mobaynida jadal rivojlanishga erisha olgan mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi.

Mamlakatlarni saralashda quyidagi mezonlar asos qilib olindi: qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda 5 yil davomida kamida 5 foiz o‘sishga erishish; qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligi kishi boshiga minimal hisobda 7806,8 AQSh dollarini tashkil etishi; qishloq xo‘jaligidagi qo‘shilgan qiymat 5 milliard AQSh dollaridan kam bo‘lmasligi lozim.

Natijada o‘tkazilgan tahlil asosida 4 ta mamlakat va ularda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish eng jadal rivojlangan davrlar aniqlandi:
Chili (1984-1998 yillar),
Koreya Respublikasi (1971-1977 yillar),
Niderlandiya (1970-1982 yillar)
Saudiya Arabistoni (1971-1977 yillar va 1980-1992 yillar)

Ushbu mamlakatlarda amalga oshirilgan chora-tadbirlar orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq: savdoning erkinlashtirilishi va xalqaro hamda mintaqaviy savdo bitimlariga qo‘shilish; davlatning qishloq xo‘jaligidagi roli cheklanishi; “ishlab chiqarishning qiyosiy xarajatlari” asosida eksportga yo‘naltirilgan tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash; qishloq xo‘jaligi va qishloq hududlarida infratuzilmalarni rivojlantirish; agrar tarmoqda hududiy ixtisoslashuvni rivojlantirish va boshqalar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!