Qirg‘izistonda referendum va mahalliy saylovlar bo‘lib o‘tmoqda

Qirg‘izistonda referendum va mahalliy saylovlar bo‘lib o‘tmoqda

Qirg‘izistonda konstitusiyaning yangi tahriri bo‘yicha referendum va mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar boshlandi.

Referendum ishtirokchilari ro‘yxatida 3,6 million kishi qayd etilgan. Mahalliy hokimiyat organlariga saylovlarda 420ta shahar va qishloq kengashlaridagi 7560 o‘ringa 18772 nomzod da’vogarlik qilmoqda.

Konstitusiyaning yangi tahriri bilan mamlakatda boshqaruvning prezident shaklini tasdiqlash, Xalq qurultoyi instituti kiritish taklif qilinmoqda.

Shuningdek, taklif qilinayotgan yangiliklar parlament-prezident boshqaruvidan prezident boshqaruvi shakliga qaytishni anglatadi. 10 yanvardagi referendumda uni yoqlab mamlakat fuqarolarining 80 foizi ovoz bergandi. Referendumda saylovchilarning 30 foizdan ko‘prog‘i ishtirok etsa, bo‘lib o‘tgan deb tan olinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!